BizMedia
Men seni istayman

Men seni istayman

Tizerni ko'rish

Alisher — ingliz tili fakulteti talabasi. U ota-onasiz, singlisi Jasmina bilan yashaydi va kontrakt to‘lashi kerak. Ish topolmay, o‘qituvchisi yordamida boy oilaga ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib kiradi.

Uy bekasi Farangiz — sovuqqon biznesmen Jalolning rafiqasi. Mehrga zor Farangiz va Alisher o‘rtasida asta-sekin yaqinlik paydo bo‘ladi. Alisherning sevgilisi Go‘zal bo‘lsa-da, u xiyonat yo‘liga kiradi.

Vijdon azobi kuchaygan pallada haqiqat ochiladi. Janjal chog‘ida Farangiz Jalolni urib, uni o‘ldirdim deb o‘ylaydi. Ular jasadni yashirishga urinadi, ammo yo‘lda avtohalokat yuz beradi: Farangiz halok bo‘ladi, Alisher esa nogiron bo‘lib qoladi.

Film yakunida esa dahshatli haqiqat ayon bo‘ladi — Jalol tirik. U Alisherga sovuqqon hukm chiqaradi va Jasminaga shafqatsiz shart qo‘yadi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

69 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Isroil Ismoilov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Umida Ashurova, Isroil Ismoilov

Rollarda

Bekzod Abdumalikov
Diana Abdusamatova
Muxlisa Qahramonova
Surat Islomov
Faridxon Yuldashev
Sardor Nurmurodov
Shaxzoda Turg‘unova