
Fotima — qiyinchiliklar ichida yashab kelayotgan yolg‘iz ona. U qizalog‘i Asal bilan ijarada kun kechiradi va uning eng katta orzusi — o‘z uyiga ega bo‘lish. Bir kuni u o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan firibgarlarga ishonib, yillar davomida to‘plagan 60 million so‘m pulini soddalik qilib berib qo‘yadi. Shu voqeadan so‘ng uning hayoti butunlay izdan chiqadi: uy egasi ularni ko‘chaga haydaydi, ishida muammolar boshlanadi, qizini bog‘chaga berolmaydi.
Fotima qizini asrash uchun turli og‘ir sinovlardan o‘tadi. Avval tanishining uyida vaqtincha boshpana topadi, keyin esa ko‘chada qolib ketadi, hatto ishxonasidan ham haydaladi. Ular tunlarni bekatlarda, ko‘chada, keyin esa kafe oshxonasida o‘tkazishga majbur bo‘lishadi. Barcha eshiklar ular uchun yopiladi. Lekin Fotima hayot bilan kurashishda davom etadi.
Asal esa bolalarga xos soddaligi bilan onasiga tasalli beradi va uning yagona umidiga aylanadi. Fotimaning ichki kurashi nafaqat moddiy qiyinchiliklar, balki adolatsizlik, ishonch va insonlar o‘rtasidagi mehr-shafqat sinoviga ham aylanadi.
Bu hikoya — bir ayolning og‘ir sinovlar qarshisida sinmasdan, farzandi uchun yashashga intilishi va umidni yo‘qotmasligi haqidagi ta'sirli drama.
Madina Adilova,Kamila Alimova, Shafoat Mahmudova, Muqaddas Xoliqova, Feruza Jumaniyozova, Begzod Shaymatov, Alimardon Ziyoviddinov, Dilnoza Mahmudova, Ahror Alijonov


































































































































