BizMedia
Qonli iz

Qonli iz

Tizerni ko'rish

Muxtor zohiran amakisi Qobilni izzat-hurmat qiladigandek ko‘rinsa-da, aslida uni o‘lgudek yomon ko‘radi. U amakisini otasining o‘limida hamda oilaviy boylikni o‘z nomiga o‘tkazib olganlikda ayblaydi. O‘ch olish uchun payt poylaydi.

Qulay fursat kelgach, Muxtor yollanma qotil orqali Qobilni o‘ldirtiradi. U shunday reja tuzadiki, Qobilning sevimli shogirdi va Muxtorning yaqin do‘sti Qudrat gumon ostida qoladi.

Ustozining jasadi ustidan chiqqan Qudrat qochishga majbur bo‘ladi va haqiqiy qotilni topish uchun izlanishni boshlaydi. Sir ochilishidan qo‘rqqan Muxtor Qudratni ham yo‘q qilishga urinadi, biroq bunga erisha olmaydi.

Film yakunida Qudrat ustozining qotili Muxtor ekanini aniqlaydi. Muxtor militsiya tomonidan qo‘lga olinadi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

68 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Zuhriddin Rustamov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Ravshan Yoʻldosh

Rollarda

Xurshid To‘xtayev, Abror Yuldoshev, Laziz Orziyev, Baxtiyor Yusupov, Xolid Toshbadalov, Bahodir Rahmonov, Javohir Odiljonov, Jasur Nazarov