BizMedia
Bir lahza

Bir lahza

Tizerni ko'rish

Shukrona va Alisher turmush qurganlariga o‘n yil bo‘lsa-da, farzandlari yo‘q. Qayerga borishmasin, farzandsizlik sabab dashnom eshitishadi. Shukrona qaynonasi, qayniopasi va atrofdagilarning kesatig‘idan charchagan. U Alisherni sevgani uchun sabr qilib keladi.

Alisher ham Shukronani qo‘yib yuborgisi kelmaydi — ketib qolsa, qayta olib keladi. Ikkovining ham ota-onasi ularning birga yashashiga qarshi. Shifokorlar esa: “Qoningiz to‘g‘ri kelmadi”, deydi. Ammo ular umid qilishdan to‘xtashmaydi.

Og‘ir kunlarda Shukrona Alisherga doim dalda bo‘ladi. Ishlari yurishmaganda esa qo‘shimcha ish qilib, farroshlik ham qiladi.

Bir kuni qayniopasining “yuradi” degan tuxmati sabab Alisher va Shukrona o‘rtasida janjal chiqadi. Qayniopasi Shukronani uyidan haydab yuboradi.

Vaqt o‘tib, Shukronaning pokligi isbotlanadi va uning homilador ekani ma’lum bo‘ladi. Oila yana tiklanadi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Janr

Melodrama

Davomiylik

66 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Zuhriddin Rustamov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Laylo Mahmudova

Rollarda

Feruza Jumaniyozova

Laziz Orziyev

Timur Komilov

Gulbahor Dadamirzayeva

Bekzod Shaymatov

Gulasal Raxmonova

Asal Axrorxo‘jayeva

Guzal Abdullayeva