
Dilshod boy oilaning juda ham erka bolasi. Ko‘chada, klublarda yurishni yaxshi ko‘radi. Qizlarni esa kuniga almashtiradi. Onasi Fazilat Dilshodga bir martagina uchrashuvga chiqishini, agar chiqsa, dadasiga aytib, Dilshod xohlayotgan mashinani olib berishini aytadi.
Dilshod rozi bo‘lib, uchrashuvga chiqadi. Dilshodga Fotima yoqib qoladi, Fotima esa uni yoqtirmaydi. Dilshod juda ham ko‘p urinishlar bilan uning ko‘ngliga yo‘l topishga muvaffaq bo‘ladi. Ularning to‘ylari bo‘ladi.
Baxtli hayotlarining birida Fazilat Dilshodga kelini uyda zerikib qolganini, aylantirib kelishini aytadi. Ular ovqatlanishga borishadi. U yerda Dilshodning eski sevgilisi ularni ko‘rib qolib, Fotimaning yoniga kelib:
— Men eringning eski sevgilisiman. Seni ham o‘ynab-o‘ynab tashlab ketadi, — deb gapiradi.
Bundan Fotimaning jahli chiqib, restorandan chiqib ketadi. Shunda uni mashina urib ketadi va u o‘ladi.
Dilshod esa uning o‘limiga hech ishonmaydi va xayolida xotini bilan gaplashib yuradi. Bundan Fazilat xavotirga tushib, eri Ilhomga aytadi. Ilhom boshida e’tibor bermaydi, lekin u ham o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, shifokorga borishadi.
Shifokor bu qattiq stressdan ekanligini, hozircha kutish kerakligini aytadi. Shu zaylda kunlar o‘tadi. Fazilat o‘g‘lining bu ahvolini ko‘rib, ezilib tamom bo‘ladi. Dilshod esa xuddi Fotima bordek qabul qiladi.
Bir kuni Dilshod ko‘chada mashinadan tushsa, Fotimani urib ketgan yigitning onasi oldiga kelib, oyog‘iga yotib oladi.
— Arizani qaytarib oling, o‘g‘lim ataylab qilmagan. Xotiningiz o‘zi yo‘ldan chiqib qolgan. Yosh umri xazon bo‘lmasin, — deb yig‘laydi.
Shundan keyin u hammasini eslashni boshlaydi. Vannaga kirib, ichidan qulflab oladi. Qattiq stressga tushadi va oxiri xotinining o‘limini tan oladi.
Bir kun qabristondan xotinini ziyorat qilib chiqib ketayotganida, bir qizni uchratib qoladi. Boshida Fotima deb o‘ylaydi, lekin u boshqa qiz bo‘ladi. Va Dilshod u qizning ortidan ketadi.
Shahzod Hojizoda, Sitora Xudoynazarova, Tamara Hazratqulova, Bahodir Mirmaxsudov, Dildora Umarova, Fotima Fayzullayeva, Abbos Abdurahmonov, Shahboz Aliyev, Adham Ahmadaliyev, Shahnoza Sheraliyeva, Zaynab Raimova, Asilbek Erquziyev, Jahongir Jabborov, Bahrom Jalilov








































































































































































































































