
Asli qishloqlik yigit yosh oilasi bilan shaharda yashaydi. U oʻgʻliga hech ishonmaydigan, doim noshudlikda ayblaydigan ota-onasini xursand qilish uchun oʻzini hashamatli hayotda yashayotgandek qilib koʻrsatadi. Yolgʻon rasmlar, yolgʻon sovgʻalar ortidan ota-onasi oʻgʻlining hayotini oʻz koʻzlari bilan koʻrish uchun shaharga kelishadi. Kutilmagan vaziyatdan keyin yigit bir hashamatli uyni ijaraga oladi. Shundan keyin sarguzasht boshlanadi va bir yolgʻonni yashirish uchun har kuni yolgʻon toʻqiladi. Avvaliga 3 kun qolmoqchi boʻlgan chol-kampirga “hashamatli” hayot yoqib qoladi va ular yanada koʻproq qolishga qaror qilishadi. Orada uyning haqiqiy egasi va qoʻni-qoʻshni ishtirokida "xavfli" vaziyatlar yuzaga keladi. Hatto yigitning oʻz ayoli ham ota-onasiga aytib berish bilan qoʻrqitib, oʻzining qaysidir ishlarini bitirib oladi. Uzoq urinishlardan keyin chol-kampir qishloqqa qaytishadi va aslida hammasi uyushtirilganini ular allaqachon sezgan boʻlishadi. Haqiqatni bila turib ota-ona oʻgʻliga indamaydi, aybni oʻzlaridan qidiradi va oʻzlari ham shu yolgʻon ishtirokchisiga aylanishadi.
Doston Jo‘rayev, Sevinch Qurbonova, Abduhalil Mingnorov, Masuda Otajonova, Sur’at Islomov, Iroda Nazarova, O‘tkir Mengliyev, Davron To‘rayev, Xondamir Niyozov, Xurshida Yo‘ldosheva, Begzod Aliyev.








































































































































































































































