
Aziza juda quvnoq harizmaga boy qiz. Doim qovun tushirib yuradigan odati ham bor. Bir kuni dugonasi bilan do‘konda aylanib yurganda chiroyli bir yigit (Ali) o‘ziga kiym tanlayotganini ko‘rib qoladi. Unga tikilib qarab qoladi. Yigit ishora bilan qalay yarashdimi deydi. Aziza kulib yo‘q deydi. Keyinchalik ham Ali bilan ko‘rishib qoladi. Avvaliga uni soqov deb o‘ylaydi. Chunki yonidagi sherigiga faqat imo-ishora bilan gaplashyotganini ko‘radi. Uni deb soqovchani o‘rgana boshlaydi. Va u ishlaydigan joyga ataylab o‘tib ketayotganday boradi. Ali bilan imo-ishora orqali gaplashadi. Ularni oldiga Azizani dugonasi keladi. Ketikmi deydi. Aziza dugonasiga javob berganini eshitgan Ali siz gapira olasizmi deydi. Aziza ham yigitni gapirishini ko‘rib hayron bo‘ladi, bekorga shuncha payt o‘rganipman deb hafa bo‘ladi. Ali bu gapni eshtib kuladi.
Ali yaqin do‘sti soqov bo‘lgani uchun shu tarzda gaplashadi. Aziza va Ali bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi.
Ularni to‘yiga bir kun qolganda Azizani qo‘shni xonadonga kelin bo‘lgan opasini eri vafot etadi. To‘y qoldiriladi. Azizani uydagilari endi katta to‘y qilisholmasligini aytishgach quda tomon ozchilik bilan kelib Azizani olib ketishadi. Azizani opasi qiyin paytda singlisi yonida turmagani uni uyida aza bo‘lib turganda to‘y ko‘ngliga sig‘gani uchun u bilan gaplashmay qo‘yadi. Aziza bir necha bor opasi bilan gaplashmoqchi bo‘lsa ham telefonlariga javob bermaydi. Uyga kelsa deyarli gaplashmaydi.
Aziza va Ali juda baxtli yashashadi. Toki Azizada ayolarda uchraydigan kasalik aniqlanmaguncha. Avvaliga Azizadagi o‘zgarishlarni xomiladorlikga yo‘yishadi. Chunki bu kaslik bilan erta xomiladorlik alomatlari juda o‘xshab ketadi. Afsuski kasalik ohirgi bosqichga yetgan 100% tuzalib ketish imkonsiz bo‘ladi. Ali Azizani avavalgidan ham ayay boshlaydi. Uy yumushlarini ham o‘zi qiladi. Uyda bir o‘zi o‘tirib siqilmasin deb o‘zi bilan olib yuradi. Uxlayotganda ham tirikmikan deb qo‘lidan ushlab qo‘yadi. Azizani yo‘qotishdan juda qo‘rqadi. Ali bilan Aziza onalari ancha qarib qolgani uchun bu habarni ularga aytmaydi. Lekin qaynonasi habar topgach Azizaga o‘z qiziday g‘amho‘rlik qiladi.Aziza siz emas men sizga hizmat qilishim kerak edi deydi.
Aziza Aliga sizga bitta bo‘lsa ham farzand tug‘ib berolmadim deb o‘ksinib yig‘laydi. Ali doim yonimda bo‘lishga vada bersang bo‘ldi deydi.Aziza soqovchasiga vada beraman deydi.Ali esa ishora bilan men seni juda yahshi ko‘raman deydi.
Azizani opasi singlisini bu ahvolda ko‘rib undan habar olmagani bekorga gina saqlagani uchun afsuslanadi. Aziza sekin-asta tuzala boshlaydi. Aliga shundoq ham sizga yuk bo‘ldim endi bemalol ishlaringizni qilavering. Oldingidan ancha yahshiman deydi. Ali tashlab ketishga ko‘zi qiymasa ham ish sababli boshqa davlatga ketadi. Bu orada Azizani ahvoli og‘irlashadi. Qaynonasi o‘g‘limga habar beraylik desa ham ko‘nmyadi. O‘tib ketadi deb qaysarlik qiladi. Qaynonasi uni shifoxonaga olib boradi. Azizani uydagilari ham keladi. Ali ayolini ahvolini og‘irlashganini eshtgach ortga qaytadi. Yo‘lda kelarkan Aziza bilan o‘tgan shirin damlarni eslaydi.Yo‘ldan u uchun gul oladi.
Shifoxonaga kelgach yo‘lakda umidsiz bir-biriga qarab turgan oila aʼzolarini ko‘rib yugurib Aziza yotgan xonaga boradi. Uni kiritishmaydi. Ali men uni ko‘rishim kerak deb baqiradi. Yaqinlari uni chetga oladi.O‘likni boshqa xonaga o‘tkazish uchun mahsus aravachada xonadan chiqarganda yaqinlari yugurib borishadi. Ali oyog‘i bo‘ysunmayotganday zo‘rg‘a boradi. U emas deb shivirlaydi. Yuzidagi matoni ochishga jurati yetmaydi.
Xosiyat Xusanova, Nozanin Salimova, Barno Qodirova, Timur Kubayev, Sevara Umarxo‘jayeva, Maxsuma Hikmatova, Asadbek Abdujabarov, Jasur Pirnazarov, Akramjan Inag‘omov, Xilola Alimova.








































































































































































































































