BizMedia
Jonim qizim

Jonim qizim

Tizerni ko'rish

Abbos — ishsiz, ichkilikka ruju qo‘ygan erkak. Uning hayotiga sobiq xotini Malika kirib kelib, olti yoshli qizi Bibixolni tashlab ketadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Malika avtohalokatda halok bo‘ladi.

Avval qizini qabul qilmagan Abbos asta-sekin Bibixolga mehr qo‘ya boshlaydi. Bibixol aqlli va mustaqil qizaloq — u otasining hayotini tartibga soladi, unga g‘amxo‘rlik qiladi. Ularning yaqinligi va birgalikdagi mehnati “Mehr qo‘llari” deb nomlangan panja izlari orqali ramziy ifodalanadi.

Ammo Bibixol og‘ir kasallikka chalinadi — jigar yetishmovchiligi. Operatsiya uchun katta mablag‘ talab etiladi. Abbos pul topish ilinjida jinoyatga qo‘l uradi va qamoqqa tushadi. Qizga mehribon qo‘shni Sojida yordam beradi. Uy sotiladi, blogerlar orqali mablag‘ yig‘iladi.

Abbos qamoqda vafot etadi. Biroq tadbirkor Davlat “Mehr qo‘llari” haqidagi hikoyadan ta’sirlanib, Bibixolning operatsiyasini to‘liq moliyalashtiradi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

84 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Akbar Insopov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Sanjar Mamanazarov

Rollarda

Ahror Alijonov

Kamila Alimova

Maftuna Ziyodova

Zumrad Eshonqulova

Aziz Qobilov

Charos  Rizayeva

Begzod Shaymatov