
Javohir boy oilaning farzandi. Lekin ota-onasi unga juda e'tiborsiz. U kichikligida maktabdan qaytayotgan paytda Dilshod ismli yigitni uchratib qoladi. Dilshodning ota-onasi yo‘q, amakisining qo‘lida qiynalib yashardi. Javohir unga o‘zlarinikiga ko‘chib o‘tishni taklif qiladi. Ota-onasini zo‘rg‘a ko‘ndirib, Dilshodni uyiga olib keladi.
Oradan yillar o‘tib, ikkalasi birga ulg‘ayadi. Javohir ko‘chaboz yigit bo‘lib voyaga yetadi. Ko‘plab qizlarning boshini aylantirib yuradi, ammo biror ishning boshini tutmaydi. Uning muammolarini doimo do‘sti Dilshod hal qilib yuradi.
Dilshod mahallasida yashaydigan Dildora ismli qizni yoqtirib qoladi. Javohirning yordami bilan qizning ota-onasini rozi qilib, to‘y qilishni rejalashtiradi. Ammo Dilshod: “Ikkalamizning to‘yimiz bir kunda bo‘ladi. Sen ham uylangach, men ham uylanaman”, deydi.
Ko‘p o‘tmay Javohir Maftuna ismli qizni sevib qoladi. Maftuna avvaliga rad etsa-da, oxiri uning ko‘nglini olishga erishadi. Ammo Maftuna Javohirning avvalgi sevgilisi bilan munosabatlarini bilib qolib, to‘yni bekor qiladi.
Shu orada Dilshod ham: “Javohirning to‘yi bo‘lmasa, men ham uylanmayman”, deb o‘z to‘yini to‘xtatadi. Bundan Dildora va uning ota-onasi qattiq ranjiydi.
Dilshod Javohirning ota-onasi, singlisi va Maftuna bilan munosabatlarini tiklaydi. Keyin esa Javohir bilan ham orasini ochib, chet elga ketmoqchi ekanini aytadi. Javohir buning sababini tushunmaydi.
Oradan vaqt o‘tib, Dilshodning og‘ir xastalikka chalingani ma'lum bo‘ladi. Bu orada Dildora boshqa yigitga turmushga chiqadi.
Dilshod og‘ir dard bilan kurashadi, ammo oxir-oqibat vafot etadi.
Javohir esa Maftuna bilan turmush quradi va o‘g‘liga eng yaqin do‘sti xotirasiga Dilshod deb ism qo‘yadi.
Muhammadali Aliyev, Sanjar Namozov, Guliruxsor Tohirjonova, Shahrizoda Dehqonova, Timur Komilov, Nargiza Rahimova, Shaxzoda Ergashxajayeva, Farhod Muhtorov, Shahnoza Sheraliyevna, Hilola Alimova, Axmadjonova Shaxlo, Raembayev Faruh, Abduloh Ma'sudov, Abubakir Shoabdualiyev


































































































































