
Yosh tadbirkor Damirning rafiqasi Nazokat shafqatsizlarcha o‘ldiriladi. Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv bo‘limi qotillarni topish uchun ishga kirishadi.
Hodisa joyida qoldirilgan izlar mahalliy bezorilar — aka-uka Ravil va Shuhrat Ilyasovlarga tegishli bo‘lib chiqadi. Ilyasovlar bilan Nazokat o‘rtasida avvaldan keskin mojaro bo‘lgani tufayli ularga nisbatan gumon tobora kuchayadi.
Tergovni kapitan Akbar Qudratov va leytenant Bekchanov olib boradi. Har bir yangi dalil ularni yangi gumondorlar sari yetaklaydi.
Shu bilan bir vaqtda, Nazokatning akasi Sanjar ham singlisining qotilini topish uchun o‘z tergovini boshlaydi. Sanjar qasos olish yo‘liga kiradi.
Tergov chuqurlashgan sari voqealar ortida yanada xavfli sirlar yashiringani ma’lum bo‘ladi. Pul, xiyonat, muhabbat va o‘tmishdagi alamli voqealar bir-biriga ulanib ketgan murakkab zanjirni hosil qiladi.
Kutilmagan dalillar tergovni mutlaqo boshqa yo‘nalishga burib yuboradi. Kapitan Qudratov qotillik ortida manfaat yo‘lida har qanday chegaradan o‘tishga tayyor odamlar turganini isbotlaydi.
Oxir-oqibat haqiqiy qotillar qo‘lga olinadi.
Hamza Rustamzoda, Otabek Sharipov, Bahtiyor Ahmedov, Azamat Qurbonboyev, Merdan Matvaliyev, Oybek Sobirov, Shavkat Komilov, Sanjar Akbaraliyev, Yulduz Joraqulova, Diyora Islomova, Tolqin Niyazov, Usen Urdabayev, Jonibek Tojiyev


































































































































