BizMedia
Boshqa chora yo'q

Boshqa chora yo'q

Tizerni ko'rish

Murod hamma yog‘i qarzga botgan, hayotini qimorga tikkan tavakkalchi yigit. Uning ayoli Chaman ne-ne umidlar bilan Murodga turmushga chiqqan. Bir qarashda ular yaxshi yashayotgandek tuyuladi, lekin Murodning o‘tmishi ularga tinchlik bermaydi.

Qarzlaridan qanday qutulishni bilmagan Murod ayolini majburlab, firibgarlik yo‘liga o‘tadi. U Chamanning jigar sirroziga chalingani va operatsiya uchun pul kerakligi haqida ijtimoiy tarmoqlarga video joylashtirib, odamlardan yordam so‘raydi.

Kutilmaganda uning plastik kartasiga ancha miqdorda pul tusha boshlaydi. Ammo Murod qarzlarini to‘lash o‘rniga, pulni yana ko‘paytiraman deb, hammasini onlayn qimorga tikadi va yutqazadi.

Bu orada unga qarz bergan odamlar Murodning ortidan tushib, Chamanni garovga olishadi. Ular: “Agar militsiyaga aytsang, ayoling o‘ladi”, deb tahdid qilishadi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2026-yil

Davomiylik

67 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Fayoz Hamroyev

Operator

Shoxruh Zaripov

Ssenariy muallifi

Vazira Tursunova

Rollarda

Asror Hamidov, Nurjahon Haydarova, Ma’ruf Otajonov, Javohir Qalandarov, Abdulaziz Jalilov, Ra’no Yarashova, Shahnoza Sheraliyeva, Jamoliddin Toshpo‘latov, Tavakkal Turiqov, Baxtiyor Kamilov, Ahadjon Nu’monxo‘jayev, Oybek Hamidov, Abror Qobulov, Omon Jo‘rayev, Nodira Mirzayeva, Mirvosiq Qosimov, Baxtiyor Elmatov.