
Film hayolparast, ichki dunyosi boy bo‘lgan yosh yozuvchi yigit haqida hikoya qiladi. U atrofdagilar ko‘zida sokin va tortinchoq ko‘rinsa-da, qalbida cheksiz tasavvur olamini yashirgan. U o‘qishidagi kursdoshi — hushmuomala, aqlli va samimiy qizni sevadi. Qiz bilan munosabatlari iliq va do‘stona, biroq yigit hech qachon yuragidagi his-tuyg‘ularni ochiq ayta olmaydi. Yozuvchi yigit bir necha bor sevgisini izhor etishga urinsa-da, har safar jur’ati yetmaydi. Uning hayolparast tabiati esa buni boshqacha yo‘l bilan ifoda etishga undaydi. Bir kuni kechasi u ish stoliga o‘tirib, qizga qanday qilib muhabbatini bildirish mumkinligi, uning qalbini qanday zabt etish yo‘llari haqida yozishni boshlaydi. Qalam yurgani sari uning tasavvurida tug‘ilgan voqealar ekranda jonlanadi: kulguli, romantik, ba’zan esa biroz bolalarcha sahnalar orqali yigit o‘z sevgisini izhor qiladi. U real hayotda qila olmagan jasoratli qadamlarni yozayotgan asarida amalga oshiradi.
Film davomida yozuvchining hayolotidagi sevgi hikoyasi tobora go‘zallashib, tomoshabinni kuldiradi va hayajonga soladi. Ammo bir pallada yigit tushunib yetadi: bu yozilgan voqealar hech qachon hayotda ro‘y bermasligi mumkin. Shu tushuncha uni iztirobga soladi va u asarini yarim chala holatda qoldirib, yozishni to‘xtatadi.
Oradan vaqt o‘tib, haqiqiy hayotning o‘zida shunday vaziyat yuz beradiki, yigit yana qiz bilan yuzma-yuz qoladi va bu yigit butun hayajoni va samimiyligi bilan ichidagi barcha his-tuyg‘ularini ochiq aytadi. Kutilmaganda qiz ham uning sevgisiga ijobiy javob beradi. Qiz yigitni nafaqat sevib qolganini, balki uni aynan qanday bo‘lsa — hayolparast, quvnoq, samimiy va bolalarcha qalbi bilan qabul qilganini aytadi. Film yakunida esa yozuvchi yigitning o‘sha yarim chala qoldirilgan asari nashr etilgani va keng ommaga manzur bo‘lib, mashhur bo‘lgani ma’lum bo‘ladi.
Otabek Sharipov, Sardor Saydullayev, Madina Odilova, Umid Shodmonov, Diyorxoja Bahodirov, Davlatbek Sirojiddinov, Bobur Tolipov, Dilobar Iskanova, kichkina bolacha, skripkachi bola, Anora Nazarova, Islom Kozimjonov.








































































































































































































































