
Voqealar Latif ismli jurnalistning qizchasini xotinining qarindoshlarinikidan olib kelish uchun yo‘lga otlanishidan boshlanadi.
Latifning xotini Amira bozorda sotuvchilik qilayotganda unga G‘ani ismli erkak tilla bilaguzukni ko‘rsatadi. Amira Latifdan shu bilaguzukni olib berishini so‘raydi. Ammo Latif hozircha bunga imkoniyati yo‘qligini, albatta keyinroq olib berishini aytadi.
Latif qizini olib kelish uchun boshqa shaharga ketganida, G‘ani Amiraga yana qo‘ng‘iroq qilib, bilaguzukni oladimi yoki yo‘qligini so‘raydi. Amira uni aldab, bilaguzukni qo‘lga kiritish maqsadida erining uyda yo‘qligidan foydalanib, G‘anini kechasi uyiga chaqiradi.
G‘ani kelayotgan paytda Latifning mashinasi yo‘lda buzilib qoladi va u ortga qaytishga majbur bo‘ladi. Qaytish yo‘lida mashinada bir ayol bilan tanishadi.
Uyiga kirgan Latif xotinini va G‘anini mast holatda birga ko‘radi. Ularning o‘rtasida janjal kelib chiqadi. Janjal davomida Amira vafot etadi. G‘ani esa derazadan qochishga uringanida yiqilib, halok bo‘ladi.
Bo‘lib o‘tgan voqeadan qo‘rqib ketgan Latif endi o‘zini qamashlaridan xavotir olib, qochib ketadi. U akasining oldiga borib, maslahat so‘raydi. Yangasi voqeani eshitgach, uni akasiga haydab yuborishni aytadi. Akasi esa unga bir tanishi yordam berishi mumkinligini aytadi.
Latif akasi aytgan Abray Lochinning oldiga boradi. Ammo Abray uni masxara qilib, yordam bera olmasligini bildiradi.
Oradan vaqt o‘tib, tergovchi xonadagi diktafon yozuvlarini tekshiradi va qotillikni Latif sodir etmaganini aniqlaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, Latif yo‘lda tanishgan ayol G‘anining xotini ekan. G‘ani unga uzoq yillar davomida zulm va ozor bergan bo‘ladi.
Latif barcha voqealarni yashirmay, aybini tan olib tergov organlariga boradi. Ammo tergov natijasida uning qotillikka aloqasi yo‘qligi aniqlanib, ozod qilinadi.
Shu yerda u yana G‘anining xotini bilan uchrashadi. Ularning o‘rtasida mehr paydo bo‘ladi va ular birga yashashni boshlashadi.
Serial oxirida G‘ani doimo takrorlab yuradigan gapni Latif ham aytadi:
"It tekkan bilan dengiz harom bo‘lib qolmaydi."
Ushbu serialning asosiy g‘oyasi — vafo faqat vafodor insonlar uchun qadrlanishi, xiyonat esa hech qachon yaxshilik bilan tugamasligini ko‘rsatishdir.
Shuningdek, insondagi nafs hamma uchun bir xil ekanligi G‘ani doimo aytib yuradigan iborani oxir-oqibat Latif ham takrorlaganida ramziy ma’noda ochib beriladi.
Bundan tashqari, Latifning o‘z dardini Xalq qabulxonasiga borib aytishga urinishi va uning muammosini tinglaydigan hamda adolat qaror topadigan tizim mavjudligi orqali jamiyatdagi bugungi davlat siyosati ham aks ettiriladi.
Musulmon Yunusov, Feruza Jumaniyozva, Zamira Beshimova, Bobur Aytmaganbetov, Bahodir Akbarov, Dildora Umarova, Farhod Muxtorov, Shahzod Boymurodov, Tavakkal To'riqov, Maryam Hamzayeva, Xondamir Niyozov, Yuna Avanesova, Mansur Tolipov, Sanjar Eshaliyev








































































































































































































































