BizMedia
Soʻnggi qadam

Soʻnggi qadam

Tizerni ko'rish

Zilola — oddiy, samimiy va orzulari bor yosh qiz. Otasi uni qishlog‘ida o‘zi sevib ko‘rmagan yigitga majburan turmushga bermoqchi bo‘ladi. Zilola esa bu qarorni qabul qila olmaydi — opalarining taqdirini takrorlashni istamaydi. Uning qalbida erkin hayot, sevgi va shaxsiy tanlovga intilish ustun.

U uyidan yashirincha chiqib, poytaxt sari yo‘l oladi. Yo‘lda Alisher bilan tanishadi. Alisher Zilolaga nafaqat yordam va boshpana, balki yangi hayot sari umid ham beradi. Avvaliga u qizni uyiga qaytarishga urinadi, biroq otasining fe’l-atvorini ko‘rib, fikridan qaytadi va Zilolani o‘z uyiga olib ketadi.

Alisherning onasi Zilolani darhol qabul qilmaydi. Voqealar davomida Zilola o‘ziga ishonishni, mustaqil yashashni o‘rganadi: kafeda ishlaydi, yangi dugonalar orttiradi. Ammo ota-onasini ranjitib yurishni o‘ziga ep ko‘rmay, qishlog‘iga qaytadi.

Film yakunida Alisher va Zilolaning turmush qurishiga kattalar ham rozilik bildiradi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media, 

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

86 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Zuhriddin Rustamov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Laylo Mahmudova

Rollarda

Otabek Rahmatullayev, Farangiz Yormatova, Ma’ruf Otajonov, Gulbahor Dadamirzayeva, Ziyoda Otaqulova, Sevinch Siddiqova, Abbos Bekmurodov