BizMedia
Nomus va qasos

Nomus va qasos

Tizerni ko'rish

Sevara ismli qiz og‘ir taqdir sinovlarini boshidan kechiradi. U otasini o‘ldirishga majbur bo‘ladi. Bunga uning nomusidan ayrilgani hamda ikki yil avval yuz bergan voqealar — dugonasi Zilolaning fojiali o‘limi ortidagi haqiqatlarning ochilishi sabab bo‘ladi.

Ikki yil oldin Sevaraning otasi Olim aka qo‘shnisi G‘ulom aka bilan dam olish maskanida qimor o‘ynab, tortishuvga kirishadi. G‘ulom aka yutqazadi. Shunda Olim aka uni “xotiningni yoki qizingni tiking” deya masxara qiladi. O‘yin deb boshlangan bu mojaro fojia bilan yakunlanadi — Zilolaning nomusi toptaladi va u o‘z joniga qasd qiladi.

Oradan ikki yil o‘tib, G‘ulom aka qasos o‘rniga Sevarani aldab, uning nomusiga tegadi. To‘y kuni Sevara otasini o‘ldiradi va o‘z joniga qasd qiladi. Qoldirgan xati esa singlisi va akasiga haqiqatni ochib beradi. Ular qasos emas, adolat yo‘lini tanlaydi. Natijada G‘ulom aka jazoga tortiladi, adolat tiklanadi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

74 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Zuhriddin Rustamov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Shohsanam Elabatova

Rollarda

Xusniya Izzatullayeva, Xamid To‘xtayev, Dilnoza Parpiyeva, Timur Kubayev, Nodira Murtozayeva, Otabek Xaqberdiyev, Shaxzod Xojizoda, Ziyoda Rizaqulova, Shaxriniso Anvarova