
"Farzand ilinji"
Bu novellada 10 yil davomida farzand ko‘rmay, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan oila — Sevinch va Davronning iztiroblari yoritilgan. Ayb ayolda bo‘lgani uchun qaynonasi o‘g‘lini boshqa ayolga uylantirish harakatiga tushadi. Buni bilgan kelinchak qaynonasidan oldinroq harakat qilib, qo‘lida ishlaydigan bir yetim qiz — Malakni o‘z eriga turmushga chiqishga ko‘ndiradi.
Malak qiyin vaziyatga tushadi. Ammo qishloqqa qaytsa, amakisi tomonidan qimorga tikib yuborilishi mumkin bo‘lgan taqdiridan cho‘chib, shaharda yashab qolish uchun Sevinchning qarorini qabul qiladi. Sevinch ming bir azob bilan erini xodimasiga uylanishga ko‘ndiradi.
Vaqt o‘tib, kundoshi homilador bo‘lgach, eri Sevinchdan xabar olishi ancha kamayadi. Endi Sevinchni rashk azobi qiynay boshlaydi. U onasining: “Ahmoq, endi eringni yo‘qotasan”, degan gapiga chiday olmaydi. Garchi onasiga chidayman degan bo‘lsa ham, aslida bunga bardosh berolmay, eridan ajrab qolmaslik uchun soxta homiladorligiga erini ishontiradi.
Homilasi oshkor bo‘lib qolmasligi uchun esa bolaga ochiq havo kerak ekan, degan bahona bilan qishloqdagi yolg‘iz yashaydigan xolasinikiga ketadi. Chaqaloq topish niyatida tug‘uruqxonaga, ko‘p bolali oilalarga boradi. Lekin bola topa olmaydi. Oxiri sharmanda bo‘lgandan ko‘ra, o‘zini o‘ldirish uchun suv bo‘yiga borganda, uzoqdan eshitilgan chaqaloq ovozi uni o‘sha tomonga boshlaydi va Sevinch tug‘uruqxonadan chaqaloqni o‘g‘irlab, shaharga qochib ketadi.
Ammo bolaning ota-onasi yollagan tergovchi uni topadi va bolani olib ketadi.
Sevinchning iztiroblari va mehribonligini ko‘rgan chaqaloqning ota-onasi — besh farzandli oila — o‘g‘illari kelajakda katta inson bo‘lishi, boy-badavlat yashashi va nufuzli inson bo‘lishi uchun uni Sevinchga qonuniy ravishda farzandlikka berishga qaror qiladi.
Suyukli ayolining bu iztiroblarini eshitgan Davron bolaga o‘z familiyasini beradi va bu voqea sevishgan er-xotin o‘rtasidagi sir bo‘lib qoladi.
Novellaning qisqacha talqini ana shunday yakunlanadi.
Merdan Matveliyev, Shaxsanem Abdijamilova, Sabina Sodiqova, Shaxlo Axmadjonova, Dilnoza Isakova, Imom Miryusupov, Mashkura Xalmetova, Xondamir Niyozov, Sultonbek Bo‘ronov, Xalikova Gulandom, Maxfuza Yuldasheva, Gulsara Ubayevna


































































































































