BizMedia
Sensiz qolgan yurak

Sensiz qolgan yurak

Tizerni ko'rish

“Sensiz qolgan yurak” 

19 yoshli Sevinch va Jahongirning sof muhabbati hammaning havasini keltiradi. Ammo arzimas tortishuvdan so‘ng Jahongir g‘oyib bo‘ladi. Uch kunlik sovuqchilikdan so‘ng Sevinchning qarshisida bola ko‘targan notanish ayol paydo bo‘ladi va Jahongir uning eri ekanini aytib, Sevinchning qalbini chil-chil qiladi. Jahongirning sukuti va “oilasi” haqidagi haqiqat Sevinchni undan butunlay sovitadi.

Bir necha oy o‘tadi. Sevinch o‘z hayotini yangidan qurishga harakat qiladi. Uning hayotida Bahodir paydo bo‘ladi — samimiy, vazmin va mehribon yigit. Bahodir Sevinchning qalbidagi jarohatlarni davolashga intiladi. Yigitning samimiy munosabati va onasining qistovi bilan Sevinch Bahodirga ishonib, unga turmushga chiqishga rozi bo‘ladi.

Biroq to‘y arafasida Sevinch dahshatli haqiqat bilan yuzma-yuz keladi: Jahongir aslida hech qachon uylanmagan. U saratonning og‘ir bosqichida edi. Sevinch uning o‘limidan keyin baxtsiz bo‘lib qolmasligi, uni sog‘inib qiynalmasligi uchun Jahongir ataylab “xiyonat sahnasi”ni uyushtirgan edi.

Eng og‘iri — Bahodir ham bu sirdan boshidanoq xabardor bo‘lgan.

Filmning kulminatsiyasida Sevinch shifoxonada so‘nggi nafasini olayotgan Jahongirning ko‘zlariga qarab, uning “beshafqat” muhabbatini anglab yetadi. U Bahodirga turmushga chiqadi, ammo uning qalbida Jahongirning so‘nggi nigohi va buyuk fidoyiligi bir umrga muhrlanib qoladi.

Film voqealari Sevinch tilidan hikoya qilinadi. Bu filmning o‘ziga xosligini ta’minlaydi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2026-yil

Davomiylik

93 daqiqa

Asl til

O'zbek

Rejissyor

Fayoz Hamroyev

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Saida Qoraboyeva

Rollarda

Sabina Ibragimova, Otabek Rahmatullayev, Bobur Qodirov, Zilola Po'latova, Dilmurod Uzoqov, Aslbek Jakbaraliyev, Sevilya Jumayeva, Aziza Axralxadjayeva, Sitora Xayrullayeva, Zulfiya Maxkamova, Dilnoza Isoqova, Dilhayot Mahkamov, Maryam Abduvohidova, Muhammadzubayr Islomov