
Filmda ikki oilaning taqdiri ko‘rsatiladi.
Jamol 32 yoshda. U insult oqibatida oyoqlari ishlamay qolgan. Uning ayoli Nasiba erini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Jamolning oyoqqa turishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. Hatto eri unga: “Ket, ajrashamiz”, desa ham, u ko‘nmaydi. Barcha qiyinchiliklarni sabr bilan yengib o‘tadi. Oxir-oqibat Jamolni davolatib, yana oyoqqa turg‘izadi.
Sadir 40 yoshda. U yaxshi joyda ishlaydi, oilasiga mehribon, ro‘zg‘orida hamma narsa yetarli. Lekin uning ayoli Nilufar noshukur. Boriga qanoat qilmaydi. Ko‘cha aylanishni, dugonalari bilan yayrab yurishni va restoranlarga borishni yoqtiradi. Ularning bir qizi bor, Nilufar esa boshqa farzand ko‘rishni xohlamaydi. Shu sababli uyda deyarli har kuni janjal bo‘lib turadi.
Film davomida nogiron insonni mehr va sabr bilan oyoqqa turg‘izgan ayol hamda soppa-sog‘ insonni nogiron holatga keltirgan ayolning taqdiri qarama-qarshi tarzda tasvirlanadi.
Aytishadi-ku: “Tanloving xato bo‘lsa, badali umring bo‘ladi.”
Otabek Sharipov, Sabina Sodiqova, Laziz Orziyev, Jayrona Hasanova, Ahror Alijonov, Farrux Botirov, Risolat Shokirova, Shahlo Ahmadjonova, Muminaxon Naimova, Adham Ahmadaliyev, Shahzod Ergashev, Dildora Ergasheva, Solihabonu G‘aniyeva, Shahnoza Ismoilova, Zaynab Raimova, Bahrom Jalilov, Shahrizoda Abdullayeva, Nozima Asqarova.








































































































































































































































