
“Oq changal” qishlog‘ida sirli o‘lim holati yuz beradi. Keksa o‘qituvchi olamdan o‘tadi. Keyin o‘qituvchining o‘g‘li g‘oyib bo‘ladi. Uchastka profilaktika inspektori vazifasini bajarayotgan leytenant Bekchanov o‘qituvchining o‘g‘li g‘oyib bo‘lishida jinoyat izi borligini gumon qiladi.
Kapitan Akbar Qudratovga bu ishni topshiradilar. Akbar qishloqqa keladi. Yo‘qolgan yigitning jasadini topadilar. Akbar qotilning iziga tushadi. Qotil izini yo‘qotish uchun guvohlik qilishi mumkin bo‘lgan cho‘ponni o‘ldirib, go‘yoki cho‘pon o‘z joniga qasd qilgandek ko‘rsatadi.
Lekin Akbar qotilning hiylasiga chalg‘imaydi. Qotillikni fosh qilib, jinoyatchini qo‘lga oladi.
Hamza Hasanov, Otabek Sharipov, Mirtolob Mirkomilov, Otabek Haqberdiyev, Akrom Turg‘unov, Dilafruz Usmonova, Xondamir Niyozov, Shaxzod Hojizoda.








































































































































































































































