
Maftuna oilasi bilan yangi mahallaga ko‘chib kelib, boshqa kollejda o‘qishni boshlaydi. Yangi muhitda u kursdoshlarining kamsitishi va turli fitnalariga duch keladi. Uyida esa qattiqqo‘l o‘gay otasi bilan kelishmovchiliklar uning hayotini yanada og‘irlashtiradi.
Shu paytda Maftunaning qo‘shnisi va kursdoshi Arslon uni himoya qila boshlaydi. Og‘ir oilaviy muammolari bo‘lishiga qaramay, Arslon Maftunaga mehr qo‘yib, uni yolg‘iz qoldirmaslikka harakat qiladi. Vaqt o‘tishi bilan ularning munosabati chin muhabbatga aylanadi.
Ammo yoshlarning sevgisi oilaviy mojarolar, adovat va Arslonning sportdagi raqibi Jafarning fitnalari sabab jiddiy sinovlarga duch keladi. Arslon Maftunani himoya qilish bilan birga, o‘z kelajagi va muhabbati uchun ham kurashishga majbur bo‘ladi.
Sardor Karimov, Nigina G‘ulomova, Javlon Jamoliddinov, Dilnoza Parpiyeva, Ilhom Ostonov, Suxrob Anarmetov, Nodira Murtazayeva, Umid Boboxojayev, Tolib Mo‘minov, Jamoliddin Toshpo‘latov











































































































































































































































































































