
Voqea yolg'izlikdan qo'rqadigan, psixologiyasi buzulgan Maston kampirning holatidan boshlanadi. Maston kampir yoshligida farzandsizligi uchun eri tashlab ketgan va yaqinlari ham asabiy Mastondan voz kechgan. U shuning uchun ancha yillar avval bir bolani o'girlab uni hammaga o'g'li qilib ko'rsatib kelgan. O'g'li Davron ham aqlan zaif. Maston kampir aqldan ozgandek boshqa mahalladagi kichkina qizaloqni o'g'irlaydi va uni ham o'g'li davrondek qilib uhlatib qo'yib, odamlardan yashirishga urinadi. Tashqaridan mehribon ko'ringan Maston aslida aqlidan ozgan jinoyatchi bo'ladi. U nima qilayotganini aniq bilmaydi. Bahonasi faqat yolg'iz qolmaslik va yonida o'g'irlagan bolalari bo'lishi. U qizni o'g'irlaydi va Militsiyadan yashirishga urinadi. Avvalliga buni eplaydi ham. Lekin tezkor qidiruv buni aniqlaydi va Maston qamaladi. Uning o'g'irlab o'stirgan Davron o'g'li ham, aslida bir paytlar tahminan 25 yil avval o'g'irlagan va yo'qolgan bola ekani aniqlanadi. Voqeaning umumiy tushunchasi va xulosasi, bolalarni hozirgi davrda ehtiyot qilish, ularga e'tiborli bo'lishga chaqiradi. Shubhali insonlarni mahallada va atrofda bee'tiborsiz qoldirmaslikka chaqiradi. Yo'qolgan bolalar filmida bolalarni shu kabi o'g'rilardan ehtiyotlash va ularni begonalarga ishonmasligi uchun ularga bu haqida yoshligidanoq tushuncha berish va tanimagan odamlarining ortidan ketmasligi kerakligidan ogohantiradi.
Farida Umarova, Sulaymon Salohiddinov, Bobur Aytmagambetov, Dilmurod Qambarov, Dilafruz Mameshova, Axror Alijonov, Gulasal Ahmedova, Odilbek Hamidullayev, Adham Ahmadaliyev, Shahboz Aliyev, Samiya Zafarova, Samina Zafarova, Dildora Avazova, Hayotbek Shavkatov











































































































































































































































































































