
Akbarning qizi 8 yoshda, o‘g‘li esa 1 yoshda. Xotini behosdan odam o‘ldirib qo‘yadi. Akbar esa bu jinoyatni bo‘yniga olib, qamoqqa kiradi. Oradan 7 yil o‘tadi. Akbar qamoqdan chiqib, uyiga qaytadi. Nonushta paytida onasi o‘g‘liga “begona erkak” aslida uning otasi ekanini aytadi. O‘g‘li uni qabul qila olmaydi. 15 yoshli qizi esa otasi kelganidan xursand bo‘ladi. Ammo bu quvonch ham uzoqqa cho‘zilmaydi. Xotinining o‘ynashi bor. U aslida xotinining maktabdagi birinchi muhabbati Bobur bo‘lib, taqdir ularni yillar o‘tib yana uchrashtirgan. Akbar qamalgach, Bobur oilaga yordam bera boshlagan. Bolalar uni qiyin kunlarda yonlarida bo‘lgan yaxshi amaki deb bilishadi. O‘g‘li esa hatto uni o‘z otasidek ko‘radi. Akbar uzoq vaqt yo‘q bo‘lganidan so‘ng bu oilaga qayta kirishib ketishi juda og‘ir kechadi. Hamma-hammasi o‘zgarib ketgan. Endi u jamiyatga qayta moslashishi, ish topishi, oilasini boqishi, ayolining muhabbatini qaytarishi, bolalari bilan yaqinlashishi, xullas, yana oddiy odamdek yashashni o‘rganishi kerak. Ammo hammasi u o‘ylaganchalik oson bo‘lib chiqmaydi.
Navruz Jumayev, Ziyoda Normurodova, Ahror Alijonov, Shahzoda Ergashxo‘jayeva, Abdulaziz Nosirov, Ibrohim Shog‘iyosov, Samiya Zafarova, Samina Zafarova, Alisher Qurbonov, Farzona Qurbonova, Davron Turdiyev, Baxtiyor Komilov, Asad To‘rayev.











































































































































































































































































































