
Hammasi Tiloviddin va Iskandarning qurilishi yakunlanmagan binoda janjallashib qolishidan boshlanadi. Iskandar qurilishda oddiy ishchi bo‘lib ishlaydi. U mehnat qilmasdan katta pul topishni niyat qiladi. Iskandar va uning do‘sti Botir birgalikda katta pul evaziga boshlig‘ining sirlarini raqibiga yetkazadi. Bundan xabar topgan boshlig‘i Tiloviddin Iskandarni militsiyaga topshirmoqchi bo‘ladi. Tortishuv paytida Tiloviddin bexosdan Iskandarni turtib yuboradi. Natijada Iskandar 5-qavatdan qum ustiga yiqiladi va bu voqea uning do‘sti Botir tomonidan kameraga olinadi. Iskandar komaga tushadi. Uning singlisi Umida akasidan umidini uzmay, har kuni komada yotgan akasidan xabar oladi. Botir Umidani yaxshi ko‘radi. Tiloviddinning esa vijdoni qiynaladi. Voqealar davomida u Umidani sevib qoladi. Botir Tiloviddinga: “Umidani tinch qo‘ymasang, akasining komaga tushishiga sababchi bo‘lganingni aytaman”, deydi. Bu gapni eshitib qolgan Tiloviddinning dadasi Botirni qo‘rqitib qo‘yadi va o‘g‘lining kelajagi uchun komada yotgan Iskandarni o‘ldirishga odam yollaydi. Baxtli tasodif tufayli Iskandar bir o‘limdan qoladi. Voqealar rivojida Umida Tiloviddin va akasi bilan bog‘liq videoni ko‘rib qoladi. Tiloviddin militsiyaga borib, aybiga iqror bo‘ladi. Iskandar komadan chiqadi. U ham o‘z aybini tan olib, suddan Tiloviddinga yengillik berishni so‘raydi va uni qasddan itarmaganini aytadi. Aka-singil o‘rtasidagi mehr-oqibat, mardlik, harom luqma tatimasligi va chin sevgi kabi tuyg‘ular filmning asosiy g‘oyasi hisoblanadi.
Farruh Mirzayev, Sitora Xudoynazarova, Sulaymon Salohiddinov, Umid Sobirov, Iqbol Oshiqov, Olim Xudoyorov, Sobir Atayev, Alisher Isroilov, Yulduz Palaviniyozova, Abdumo‘min Komilov, Dilnura Baxtiyorova, Dilnura Hudayberdiyeva, Oybek Hamidov, Abror Kabulov, Dovud Qayumov, Jamshid Qobulov, Shaxzod Jo‘rayev.











































































































































































































































































































