
Ushbu film komediya janrida bo‘lib, ikki qo‘shnining hayoti haqida hikoya qiladi. Tohir o‘rtamiyona hayot kechiradi. Uning bir devor qo‘shnisi Jasur esa juda badavlat. Tohir qo‘shnisi kabi boyib ketishni orzu qiladi va uquvi bo‘lmasa-da, har ishga qo‘l urib ko‘radi. Lekin hech bir sohada omadi kelmaydi. Avvaliga olib-sotarlik qilmoqchi bo‘ladi. Bozor qonun-qoidalarini bilmagani sabab pullariga kuyib qoladi. So‘ng yaxshi bir ishga joylashadi. Bilimi yo‘qligi sababli u yerdan ham haydaladi. Kirakashlik qiladi, avtomoykada ishlaydi. Ozroq pul yig‘ib, yana biznes qilmoqchi bo‘ladi. Tovuq fermasi ochish uchun bozordan 500 ga yaqin jo‘ja olib keladi. Bu ishni ham mukammal bilmagani sababli jo‘jalarning bari nobud bo‘ladi. Jasurning esa kundan-kunga ishi yurishaveradi. Tohir unga hasad qilib yashaydi. Vaqti kelib, u birovga qasd qilib, hasad bilan boyib ketolmasligini, biror sohani mukammal egallashi shartligini tushunib yetadi. Film so‘ngida u ota kasbi, ya’ni sartaroshlik bilan shug‘ullana boshlaydi. Shogird tushib, bu ishni puxta o‘rganadi. Rejalari amalga oshib, boyiy boshlaydi.
Vazira Yunusova, Sur’at Islomov, Nozanin Salimova, Parviz Qayumov, Diyora Mustafoyeva, Muhammadsaid Qosimov, Muslim Nuraliyev, Farhod Muxtorov, Diyorxo‘ja Bahodirov, Asadbek Alibekov, Davlatbek Sirojiddinov, Zaynab Raimova











































































































































































































































































































