
Malika shifoxonada hamshira bo‘lib ishlaydigan, ko‘ngli ochiq, beg‘ubor ayol. Ota-onasi erta vafot etgani uchun akasining o‘zi uni turmushga uzatib, to‘yini qilgan. Malikaning akasi — Javohir jigar sirrozidan aziyat chekadi. Dardi og‘irlashgach, Malika akasini operatsiya qildirib, jigar ko‘chirib o‘tkazishga ko‘ndiradi. Oila a’zolari qon tahlillarini topshirishadi, Javohirga amakisining o‘g‘lidan boshqa hech kimning tahlili to‘g‘ri kelmaydi. Operatsiyaga tayyorgarlik boshlanadi. Jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasiga bir hafta qolganida, amakisining o‘g‘li donorlikdan bosh tortadi. Malika siqilib, tushkunlikka tushib qoladi. Turmush o‘rtog‘i: “Mening tahlillarim to‘g‘ri kelsa, akangga o‘zim donorlik qilaman”, deydi. Onasining qarshiliklariga qaramay, operatsiyaga kiradi. Operatsiya omadsiz yakunlanadi. Malikaning turmush o‘rtog‘i ham, akasi ham vafot etadi. Malikaning hayotidagi eng og‘ir kunlar boshlanadi. Qaynonasi: “Bolamni sen o‘ldirding”, deb kun bermaydi. Kelinoyisi: “Operatsiyaga siz majburlamaganingizda, akangiz ikki yil bo‘lsa ham oilasi bag‘rida yashagan bo‘lardi”, deydi. Malika ikki yoshli qizi bilan yolg‘iz qoladi. Uni ikkala xonadonga ham sig‘dirishmaydi. Malika o‘zi uchun ijara uy topib, qizi bilan amallab yashay boshlaydi. Jonlantirish bo‘limiga hamshira bo‘lib ishga joylashadi. Hayoti sekin-asta iziga tushib, oradan to‘rt yil vaqt o‘tadi. Bekzod yaqinda chet eldan qaytgan, o‘ziga ishongan tadbirkor yigit. U bir-ikkita ko‘cha bezorilari bilan tortishib qoladi. Malikaning qizi o‘yingoh yonida muzqaymoq yeb turganida, Bekzod uning muzqaymog‘ini tushirib yuboradi. “Hozir yangisini olib beraman”, deb ortiga qaytadi. Bezorilar bilan shu yerda to‘qnashadi, boshidan jarohat olib, shifoxonada koma holatiga tushib qoladi. Malikani shoshilinch ishga chaqirishgani uchun kasal qizini bir necha soatga tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Ikki dunyo o‘rtasida turgan Bekzodning ruhi qizaloqning yoniga keladi. Onasi kelguncha u bilan o‘ynaydi. Bekzodni faqatgina qizaloq ko‘ra oladi. Malika yashayotgan uy aslida Bekzodniki bo‘lib, Bekzodning onasi uni ijaraga bergan bo‘ladi. Malika jonlantirish bo‘limida koma holatidagi Bekzodni parvarish qiladi. Bir kuni qizalog‘ini ham ishga olib kelishga majbur bo‘ladi. Qizaloq Bekzodning hushsiz yotganini ko‘rib, uning yoniga keladi. “Siz aslida shu yerda ekansiz-da, qarang, sizni topdim”, deydi. Bekzod vaqt o‘tishi bilan tuzalib, hushiga keladi. O‘ziga qarayotgan hamshira — Malikani yaxshi ko‘rib qoladi. Malika Bekzodga turmushga chiqadi.
Zilola Po‘latova, Dilafruz Mameshova, Asal Axralxadjayeva, Bunyod Ro‘zimuhammadov, Sug‘diyona Ubaydullayeva, Nodira Murtazayeva, Elbek Zaripov, Xadicha Shuxratjonova, Ilhom Soatov, Diyorxo‘ja Baxadirov, Nilufar Mirzayeva, Roza Irismuhamedova.











































































































































































































































































































