
Voqea tunda, Javlonning yo‘l chetida, dang‘illama uy oldida, o‘z mashinasida o‘tirgancha xotini bilan telefondagi janjalidan boshlanadi. Xotini asabiy ohangda oxirgi vaqtlar erining uyiga kech kelayotganidan, o‘zi va bolalariga befarq bo‘lib qolganidan nolib, boshqasini topib olganlikda ayblaydi. Javlon bu gaplardan keyin battar qizishib “Ha topdim” degancha telefonni o‘chirib qo‘yadi. Shu vaqt mashinasiga yig‘laganidan ko‘zlari shishib ketgan Nazokat o‘tiradi. Javlon ishni yakunlaganini aytishiga qaramay Nazokat shoshayotganini va rozi qilishini aytib, aytgan joyiga olib borib qo‘yishga ko‘ndiradi. Nazokat yo‘l ko‘rsatib turadi va mashina yarim kechada shahar chetidagi bir dalahovliga yetib boradi. Nazokat yo‘l haqi o‘rniga quloqlaridagi brilliant ko‘zli ziraklarini yechib, Javlonga beradi va yugurgancha dalahovliga kirib ketadi. Javlon ortga qaytayotganda asosiy yo‘lga yetmasdan mashinasi buzulib qolad va taxminan yarim soat atrofida mashina bilan o‘ralashib qolib keladi. So‘ng yana yo‘lga tushadi.
Keyingi epizod ertasi kuni ziraklarni zargarlik do‘konida sotib chiqayotgan Javlonning militsiya xodimlari tomonidan ushlab ketilishi bilan boshlanadi. U tergov idorasiga borganda Nazokatning o‘z dalahovlisida o‘lganidan va unda Javlon asosiy gumondor sifatida qaralayotganidan xabar topadi. Voqealar rivoji shu yerdan boshlanadi.
Murda topilgan yerda surishtiruv ishlari allaqachon boshlangan. Bu orada holat akasi Jasurning qulog‘iga yetib brogan. Rahbariyat buyrug‘i bilan Jasurning ushbu jinoyat surishtiruv ishida qatnashishi taqiqlanadi. Jasur ukasi bilan yuzma-yuz gaplashishga kirganida Javlon unga ham hammaga aytgan haqiqiy hikoyani so‘zlab beradi. Ammo Jasur dalillar va marhumaning erining ko‘rsatmalari butkul Javlonga qarshi ishlayotganini, bu ish bilan ancha tajribali katta tergovchi shug‘ullanayotganini va hech bir ma’lumot Javlonning zarracha aybsiz ekanini ko‘rsatmayotganini aytgach Javlon battar jazavaga tushadi va hech bo‘lmasa akasi unga ishonishini iltimos qiladi.
Tergovchi to‘plagan barcha dalillar Javlonga qarshi ishlaydi. kamera yozuvlari: Nazokatning uyidan yugurib chiqib Javloning mashinasiga o‘tirgani, mashina tezda yo‘lga tushgani. Dalahovliga yetmasdan katta yo‘ldan olingan kamera yozuvlari: Javlon mashinasida Nazokat bilan dalahovli yo‘liga kirib ketgani va oradan yarim soat o‘tgach Javlon yolg‘iz qaytgani, shundan so‘ng u yerga hech kim kirib-chiqmagani. Nazokatning egnidagi barcha tilla buyumlari yo‘qolgani va Javlon zargarga sotgan Nazokatning qimmatbaho ziraklari. Javloning moliyaviy muommolar ichiga kirib qolgani va ayoli bilan so‘ngi oylardagi janjallari, hamda so‘ngi suhbatda ayoliga boshqasini topgani haqida aytgani va shu bilan uyga qaytib bormagani.
Bularga qo‘shimcha tarzda Ikromning Nazokat haqidagi ko‘rsatmalari: so‘ngi vaqtlar o‘zi ko‘p ishlayotgani va xorijiy safarlari sabab ayoli bilan ko‘p vaqt o‘tkaza olmagani, uni yaxshi ko‘rishi, ayolning frazand ko‘ra olmayotgani sabab eridan ancha uzoqlashib qolgani, hatto boshqasiga ko‘ngil qo‘ygani haqida gumonlari borligi hamda voqea sodir bo‘lgan kecha Nazokat Ikrom bilan tortishib uydan chiqib ketgani haqidagi gaplari. Xullas barcha ko‘rsatma va dalillar Javlonni Nazokatning qotili sifatida ko‘rsatadi. Tergovchi ikki xil xulosani ilgari suradi: birinchisi, Javlon moliyaviy muommolaridan qutilish uchun boyvachcha mijozni to‘namoqchi bo‘lib behosdan o‘ldirib qo‘ygan va voqea joyidan qochgan. Ikkinchisi, oilaviy muommolari bor badavlat ayolni uchratgan, bir muddat do‘stlashib yurgan va uchrashuvlarning birida janjallashib qolishgan, kaltaklangan jabrlanuvchi stolga boshi bilan urilib o‘lgan va jinoyatchi voqea joyidan qochib qolgan. Har ikki xulosada ham Javlon jinoyatchi bo‘lib qolaveradi.
Bu orada qisqa muddatga ishdan chetlashtirilgan Jasur yakka o‘zi yashirin qidiruv-surishtiruv ishlarini boshlab yuboradi. Avval jinoyat joyini ko‘zdan kechiradi, kamera qaydlarini qayta tekshiradi, keyin Javlonning atrofidagilarni so‘roq qiladi va mavjud ma’lumotlardan boshqa hech nima topa olmaydi. Ukasining aybsizligiga ishonchi so‘nib, Ikrom bilan gaplashish uchun uyiga borganida behosdan Ikrom va Irodaning janjalini eshtib qoladi. Iroda Nazokatning o‘limida ham Ikromning qo‘li borligini, nabiralari qotilning uyida bir kun ham qolmasligini aytib, ikki nabirasini olib uydan chiqib ketadi. Jasur Irodaning ortidan uyigacha kuzatib boradi va u bilan nega bunday degani haqida gaplashadi. Iroda aniq hech nima bilmasligini ammo ko‘ngli sezayotganini, Nazokat aslida erini yaxshi ko‘rib, xurmat qiladigan insofli ayol ekanini, ikki nabirasini ham o‘z bolasidek bag‘riga olganini, Ikromning o‘zi aslida ko‘ringanidek “oppoq paxta” emasligini, marhuma qizini ham xotinbozligi va ko‘p kaltaklashi bilan yurak infarktiga olib kelganini, ammo tibbiy ekspertiza yurak yetishmovchiligi (parog) bilan o‘limni tasdiqlaganini, ish tezgina silliq yopilib ketganini aytadi.
Bu ma’lumotlar Jasurning Ikrom ustidan yanada chuqurroq yashirin tekshiruv olib borishiga sabab bo‘ladi. Natijada Ikromning nafaqat shaxsiy hayotda balki ishda ham chirkin odamligi, soxta hujjatlar va pullarni o‘zlashtirish, ishchi hodimlarni haqqini yeyish va korrupsiya kabi jinoyatlarga ham aloqadorligi ayon bo‘la boshlaydi.
Jarur Nazokatning o‘limi eriga borib taqalishini tushungan bo‘lsada dalil yo‘qligi sabab hech nima qilolmaydi. Ukasi Javlonining qamalishi muqarrar bo‘ladi. Hal qiluvchi sud kuni belgilanadi.
Jasur dalil yig‘ish maqsadida Ikromni izma-iza kuzatishni boshlaydi va natijada Ikrom har oqshom yashirincha bir kvartiraga kirib-chiqayotganini payqaydi. Bir kun u Ikrom ketgach oridan o‘sha kvartira eshigini taqillatadi. Eshikni Asal ochadi va Jasur jinoyat qidiruv bo‘limidan ekanligini aytishi bilanoq qo‘rquvdan yig‘lashga tushadi. Asal qo‘rquv aralash Ikrom unga o‘ldirish bilan tahdid qilayotganini, Nazokatning o‘limida o‘zining zarracha aybdor emasligini aytib yuboradi.
Keyingi epizodda Asal tergov idorasida o‘sha kungi voqea haqida rasmiy hisobot beradi: U Ikrom bilan anchadan beri uchrashib yurganini, Ikrom xotini bilan ajrashish niyatidaligini, uni sevmasligini ammo Nazokat u bilan ajrashsa o‘zini o‘ldirish va bunda erining qo‘li borligini aytib xat qoldirish bilan tahdid qilgani. Ular dalahovliga borganida Asal “Nazokat xafa bo‘lib, eri bilan ajrashsin” degan maqsadda unga Ikrom bilan birga tushgan ochiq rasmini yashirincha yuborganini, ko‘p o‘tmay Nazokat dalahovliga yetib kelganini aytadi. (Voqealar eslash bilan ko‘rsatiladi) So‘ngra janjal boshlangani, Ikrom uni qattiq itarib yuborganini va Nazokat boshi bilan stolga qattiq urilib, yiqilgani. Ayolning o‘lganini bilgan ikrom o‘sha zahoti Nazokatning tilla buyumlarini va uydagi bir qancha qimmatbaho ashyolarni olib, qo‘rquvdan esankirab qolgan Asalni tortqilagancha orqa eshikdan chiqib ketadi.
Tergov xonasida qayta ko‘rsatma berayotgan Ikrom Asalning ko‘rsatmasi va uyining omborxonasidan topilgan dalillar (Nazokatning buyumlari va dalahovlidan olingan ashyolardan) dan so‘ng jinoyatni tan olishdan boshqa chorasi qolmaydi.
Nihoyat jinoyatchi Ikrom qamoqqa olinadi, Javlon ozod qilinadi. Javlonni qamoqxona oldida xotini va ikki qizalog‘i kutib oladi. Jinoyatni ochgani uchun Jasurning lavozimi ko‘tariladi.
Sulaymon Salohiddinov, Xoldor Tursunboyev, Musulmon Yunusov, Muhlisa Boboqulova, Muharram Abduhalilova, Odina Umaraliyeva, Abdulaziz Jalilov, Asal Axralxujayeva, Mohiniso Zayniddinova, Abror Mallaboyev, Nuriddin Mo‘minov, Shahzod Ergashev, Adham Ahmadaliyev, Xayrullo Inog‘omov, Asilbek Erqo‘ziyev, Yaxyo Nosirov, Murod Nizomjonov, Otabek Shermuhammedov, Boxodir Ismoilov, Kamol Komilov











































































































































































































































































































