
Voqealar shifoxonaga amaliyotga kelgan Gulnoza va Farhodning tanishuvidan boshlanadi. Orada Gulnozaning otasi vafot etadi. Gulnoza oddiy oilaning qizi bo‘lib, otasining o‘limidan keyin ular qiynalib qolishadi. Farhod esa boy oiladan bo‘ladi. Farhodning onasi Gulnozani “Boyligimiz uchun senga tegmoqchi”, degan iddao bilan xushlamay kelin qiladi. Keyinchalik ham Gulnozaning onasini kamsitadi. Oradan bir yil o‘tib, qaynona Gulnozaning farzandsizligini yuziga soladi. Ular shifokorga borishganida, shifokorlar Farhodga farzand ko‘ra olmasligini aytishadi. Farhod Gulnozani sevadi va uning bir umr farzandsiz o‘tib ketishini istamaydi. Shu sababli Gulnozaning onasiga aytib, uni uyidan haydatadi. “Men senga shunchaki havasga uylanganman. Ketaver”, deydi. Gulnoza keyinchalik yana oila quradi va farzandli bo‘ladi. Bir kuni Gulnoza qizini xususiy klinikaga pediatr ko‘rigiga olib keladi. Qabulxonadagilarning shifokor uylanmaganini, aytishlaricha, birinchi ayolini hamon sevishini gapirayotganlarini eshitib qoladi. Qizini shifokor huzuriga olib kirganida esa Farhodni ko‘radi. Uni ko‘rib, yig‘lagancha chiqib ketadi. Farhod Gulnozaning ortidan derazadan termulib qoladi. Hamshiraning: “Taniysizmi?” degan savoliga: “Bir umrlik sevgilim”, deb javob beradi. Voqea Farhodning: “Oxiri, xayriyat, u baxtli ekan”, degan jumlalari bilan tugaydi. Serial orqali sof muhabbat ochib beriladi. Inson chin dildan sevgan insoni baxtli bo‘lishi uchun o‘z baxtidan ham kecha olishi mumkinligi aks ettiriladi. Farhodning onasi obrazi orqali esa odamlarni boy va kambag‘al toifalarga ajratadigan xudbin insonlar timsoli ko‘rsatib beriladi.
Sanjar Nomozov, Nigina G‘ulomova, Ra’no Shomirzayeva, Vazira Yunusova, Sardor Karimov, Nigora Isabekova, Shahzoda Jumanova, Abdumo‘min Komilov, Shahnoza Yoqubova, Sarvinoz Rahimova, Mavluda Baratova, Diyorbek Qosimov, Zebo Mirzayeva, Shahzoda Jumanova, Nigora Toshniyozova, Olimjon Nematullayev, Hadicha G‘ofurova, Shahlo Odinayeva.











































































































































































































































































































