
Ushbu film drama janrida bo‘lib, unda shaharga yangi ko‘chib kelgan Maftuna ismli qizning taqdiri haqida hikoya qilinadi. Maftunaning otasi olamdan o‘tgan va u o‘gay otasi hamda onasi bilan birga yashaydi. U shaharga kelib, o‘qishini davom ettirish uchun shu yerdagi boshqa oliygohga o‘qishga kiradi. Ammo kursdoshlari uni yoqtirishmaydi. Uni kamsitishadi, xo‘rlashadi. Bu ishlarning ortida o‘gay otasining o‘g‘li Jafarning qo‘li bor. Maftuna uyda ham, o‘qishda ham halovat topmaydi. U himoyasiz va yolg‘iz. Uning bir devor qo‘shnisi Arslon ham uning kursdoshi. Avvaliga ular kelisha olishmaydi. Arslon sportchi yigit. Davronning — Maftunaning o‘gay otasining o‘g‘li Jafar uning azaliy raqibi. Maftunaning kamsitilishi va xo‘rlanishiga chiday olmagan Arslon uni himoya qilishga qaror qiladi. Shu tariqa ular bir-biriga yaqinlasha boshlaydi. Davron esa qizni yengiltaklikda ayblab, Arslon bilan urishadi. Qizini bir necha marta uydan ham haydaydi. Film so‘ngida Davron qizini yana uyga kiritmaydi va u noiloj Arslonning uyida tong ottirishga qaror qiladi. Tongda uyg‘onib, uyda hech kim yo‘qligidan hayron bo‘lgan Maftuna bir parcha qog‘ozga yozilgan xatni topib oladi. Xatda Arslon dadasining yoniga, chet elga ketishga majbur bo‘lganini yozgan bo‘ladi. Maftuna o‘yga cho‘mib o‘tirgan paytda unga qo‘ng‘iroq bo‘ladi va Arslon chegara tomon ketayotib, yo‘lda avariyaga uchrab vafot etgani haqida xabar keladi. Maftuna yig‘lagancha o‘gay otasining uyini tashlab, qishloqqa, buvisining yoniga qaytadi.
Erkiyor Yusupov, Shoista Orolova, Farrux Toshpo‘latov, Shaxrizoda Dehqonova, Avaz Qodirov, Dildora Muhammedova, Yulduz Jo‘raqulova, Diyora Islomova, Shaxrizoda Shakirova, Elyor Habibullayev, Jamol Toshpo‘latov, Baxtiyor Komilov, Asilbek Meliqo‘ziyev, Usen Urdaboyev, Soliha Gulova, Ilhom Ostonov, Botirjon Kozimov, Dinara Mahmudova.











































































































































































































































































































