
Ushbu film komediya janrida bo‘lib, unda bugungi kundagi ayrim firibgar folbinlar haqida hikoya qilinadi. Farhod ismli tayinli ishi yo‘q, biror sohani mukammal egallamagan odam bir kuni shogirdi bilan reja tuzadi. Ular qo‘shnisining skuterini o‘zlari o‘g‘irlab, tayinli joyga yashirishadi. Ertasi kuni u qo‘shnisiga skuter qayerda turganini go‘yoki fol ochib, aniq-tiniq aytib beradi. Bundan hayratlangan qo‘shnisi hammaga Farhod folbin ekanini, skuterini bir zumda topib berganini aytib, jar soladi. Tez orada Farhod mashhur bo‘lib ketadi. U odamlarning ishonchiga kirish uchun yana turli xil hiylalarni ishlatadi. Mijozlari ko‘payib, boyib ketadi. Lekin oxir-oqibat uning firibgarligi fosh bo‘ladi va qamaladi. Filmning asosiy g‘oyasi insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, halol yo‘l bilan pul topishga undash hamda duch kelgan odamga ko‘r-ko‘rona ishonib ketmaslik kerakligini uqtirishdan iborat.
Umid Shodmonov, Otabek Sharipov, O‘tkir Mengliyev, Muslim Nuraliyev, Ziyoda Normurodova, Firdavs Ziyayev, Imom Miryusupov, Shahnoza Pardayeva, Aslbek Jakbaraliyev, Asadbek Abdujabborov, Mahmud Choriyev, Diyorxo‘ja Bahodirov, Shaxlo Odinayeva, Nigina Ochilova, Maftuna Ziyatova, Zulfiya Maxkamova, Shoxsanam Davlatova, Dilfuza Muratbayeva, Shamshod Nurmuhammedov











































































































































































































































































































