BizMedia
Online sevgi

Online sevgi

Tizerni ko'rish

Virtual munosabatlar va ijtimoiy tarmoqdagi mashhurlik hech qachon chinakam his-tuyg‘ular o‘rnini bosa olmaydi. Ammo filmimiz qahramoni — Habiba bu fikrga qo‘shilmaydi. U uchun ijtimoiy tarmoqlardagi hayot haqiqiy hayotdan farq qilmaydi. Habiba — bloger, sho‘x-shaddod va xayoliga kelgan ishni qiladigan erkatoy qiz. U universitet talabasi.

Ikkinchi qahramonimiz — Habibaning kursdoshi Fayoz. U ota-onasiga mehribon, mustaqil ravishda hayotda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan, bilimli va maqsadga intilgan yigit. Fayoz zimdan Habibani sevib qoladi va shu bilan qahramonlar hayotida kutilmagan sarguzashtlar boshlanadi.

Fayoz o‘z sevgisiga erishish yo‘lida har qanday mashaqqatni yengib o‘tishga tayyor. Biroq Habiba muhabbatni bir o‘yin deb biladi va Fayozning samimiy tuyg‘ulariga ham o‘yin sifatida qaraydi. U hatto muhabbat ko‘yida yonayotgan Fayoz uchun o‘zgacha bir “o‘yin”ni boshlab yuboradi.

Qanday o‘yin deysizmi? Yaxshisi, buni filmni tomosha qilganingizda bilib olasiz.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media, MY5

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Janr

Melodrama

Davomiylik

75 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Operator

Nortoy Yuldashev

Ssenariy muallifi

Sirojiddin Rustamov

Prodyuser

Abror Nabiyev

Bosh prodyuser

Rollarda

Durdona Qurbonova, Bekzod Abdumalikov, Nigora Karimboyeva, Said Muxtorov, Tamara Xazratqulova, Farangiz Abdazova, Dilafruz Mameshova